Tahliliy ma`lumotlar

Sog'liqni saqlash

User Rating: 5 / 5

Star ActiveStar ActiveStar ActiveStar ActiveStar Active

TOSHKENT VILOYATIDA SOG`LIQNI SAQLASH TIZIMI

 

2017 yil 1 yanvar holatiga Toshkent viloyatida 529  ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari mavjud bo`lib, ularning soni 2011 yilga (496 ta) nisbatan 6,6 foizga ko’paydi. Shifoxona muassasalari soni esa aksincha, 2011 yilda 82 ta shifoxona muassasasi faoliyat yuritgan bo`lsa, 2016 yilga kelib 78 tani tashkil etdi (1-rasm).

1-rasm

Davolash profilaktika muassasalari soni

(2011-2016 y.)

image001

 

2-rasm

Tumanlar kesimida davolash profilaktika muassasalari soni

(2016 y.)

image003

 

 

3-rasm

Tumanlar kesimida birinchi marta qoyilgan tashxis bilan qayd qilingan kasalliklar sonida yosh guruhlari ulushi, foizda

(2016 yil)

image005

 

 

Toshkent viloyatida 2011 yilda aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish sohasida 5,8 ming shifokor faoliyat yuritgan bo`lsa, 2016 yilga kelib ularning soni 5,5 ming kishini tashkil etadi. O`rta tibbiyot xodimlari soni esa 2011 yilda 23,5 mingtani tashkil qilgan bo’lsa, 2016 yilga kelib bu ko’rsatkich 30,6 mingtani tashkil qildi. 1-jadval ma`lumotlari bo`yicha 10000 aholiga hisoblangan shifokorlar soni 19,6 ta, o`rta tibbiyot xodimlari soni esa 108,9 tani tashkil qildi.

           

 

1-jadval

Aholining tibbiyot xodimlari bilan ta`minlanganligi

 

 

Jami shifokorlar soni (ming)

10000 aholiga to'gri keladigan shifokorlar soni

Jami o'rta tibbiyot xodimlari soni (ming)

10000 aholiga to'gri keladigan o'rta tibbiyot xodimlari soni

2016 y.

5,5

19,6

30,6

108,9

4-rasm

Tumanlar kesimida har o’n ming aholiga to`g`ri keladigan shifokor va o’rta tibbiyot xodimlari soni

(2016 yil)

image007

 

 

 

 

 

Qishloq xo`jaligi ko`rsatkichlari

User Rating: 5 / 5

Star ActiveStar ActiveStar ActiveStar ActiveStar Active

Qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti – hisobot davrida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi sub`ektlar tomonidan ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hajmlarining qiymatini belgilab, ishlab chiqarishning umumiy hajmini ifodalaydi.

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishni diversifikatsiyalash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hamda xo`jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti hajmi 2016 yilda 5957,1 mlrd. so`mni tashkil etib, 2005 yilga nisbatan 9,1 martaga o`sishini ta`minladi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari hajmi 3720,8 mlrd. so`mni (11,9m.), chorvachilik mahsulotlari hajmi 2236,2 mlrd. so`mni (6,9 m.) tashkil etdi. 2010-2016 yillar davomida jami qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi barqaror sur`atlarda o`sib bordi, bunda o`sish sur`ati yiliga 5-6 foizni tashkil etdi.

1

1-rasm. Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 2005-2016yillardagi o`sish sur`ati

 

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni xo`jaliklar toifalari kesimida tahlil etilganda, yildan-yilga fermer xo`jaliklarining ulushi oshib borayotganligi, o`z navbatida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi esa kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Viloyatimizda faoliyat yuritib kelayotgan past rentabelli qishloq xo`jaligi tashkilotlari yer maydonlarini qisqartirilib, ular negizida mustahkam moddiy texnika bazasiga ega bo`lgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining tashkil etilishi, jami qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida fermer xo`jaliklari ulushining 2005 yildagi 13,4 foizdan 2016 yilda 34,3 foizgacha ko`payishida hamda qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushini esa 2005 yildagi 19,6 foizdan 2016 yilda 5,1 foizgacha kamayishida o`z ifodasini topdi (2-rasm).

2

2-rasm. 2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining xo`jaliklar toifalari bo`yicha taqsimlanishi

 

Shuningdek, 2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 2005 yildagi 49,08 foizdan 62,4 foizgacha ko`paydi va shu davr mobaynida mos ravishda chorvachilik mahsulotlarining ulushi 50,9 foizdan 37,5 foizgacha kamaydi (3-rasm).

 3

3-rasm. 2000-2016 yillarda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining tarkibi (foizda)

 

Viloyatimizda 2005 yilda ekin maydoni 339,6 ming gektarni tashkil etgan bo’lsa , bu ko’rsatkich 2016 yilga kelib 353,5 ming gektarni tashkil etdi (4-rasm).

4

4-rasm.2005-2016 yillarda jami qishloq xo`jaligi ekinlari maydoni, (ming gektar)

 

5

5-rasm. 2005-2016 yillarda asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlarining maydoni, (ming gektar)

 

6

6-rasm.2005-2016 yillarda mevali bog`lar va tokzorlar maydoni, (ming gektar)

 

2005-2016 yillar davomida qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining tarkibiy tuzilmasini maqbullashtirish bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2016 yilda 2005 yilga nisbatan asosiy maydonga ekilgan jami don ekinlari maydonlari 4,8 ming gektarga, kartoshka – 0,8 ming gektarga, sabzavotlar – 1,8 ming gektarga, mevali bog`lar – 2,8 ming gektarga, tokzorlar – 0,9 ming gektarga ko`payib, ular hisobiga texnik ekinlar – 20,0 ming gektarga  kamaydi.

7

7-rasm. Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining jami ekin ekilgan maydonga nisbatan ulushi, (foizda)

 

2005-2016 yillardagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlari tuzilmasidagi o`zgarishlar tahlili, umumiy ekin maydoniga nisbatan don ekinlari mos ravishda 43,5 foizdan – 43,9 foizgacha, kartoshka 1,8 foizdan – 2,8 foizgacha, sabzavotlar 7,8 foizdan – 10,4 foizgacha ozuqa ekinlari 11 foizdan 13,8 ko`payganligini, shu bilan birga, texnik ekinlar 35 foizdan 27,4 foizgacha, foizgacha kamayganligini ko`rsatdi (7-rasm).

Qishloq xo`jaligi ekinlarining yig`ib olingan yalpi hosili – barcha qishloq xo`jaligi ekinlari ekilgan maydonlar (asosiy, takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlari)dan yig`ib olingan mahsulot. Qishloq xo`jaligi ekinlarining yig`ib olingan yalpi hosili birlamchi kirim qilingan (fizik) vaznda hisobga olinadi va alohida har bir ekin turi bo`yicha hamda ekinlar guruhlari bo`yicha umumlashtiriladi.
Тошкент viloyatida oziq-ovqat ekinlari yetishtirish hajmlarini ko`paytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish bo`yicha tizimli choralarning amalga oshirilishi natijasida, 2016 yilda viloyatning barcha toifadagi xo`jaliklarida jami don – 697,9 ming tonna (2005 yilga nisbatan 23,1% ga ko`p), kartoshka –437,6 ming tonna (3,1m.), sabzavotlar – 2244,2 ming tonna (3,2m.), poliz – 162,2 ming tonna (3,7m.), mevalar va rezavorlar – 222,9 ming tonna (3,1m.), uzum – 174 ming tonna (2,9m.) ishlab chiqarilishiga erishildi. 2016 yilda 201,5 ming tonna paxta xom-ashyosi ishlab chiqarilib, bu 2005 yilga nisbatan 73,1 foizni tashkil etdi (8-rasm).

 8

8-rasm. Asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish (ming tonna)

 

2016 yilda viloyatda 437,6 ming tonna kartoshka, 2244,2 ming tonna sabzavotlar, 162,2 ming tonna poliz , 222,9 ming tonna meva , 174 ming tonna uzum mahsulotlari etishtirildi.

Qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligi – ekin maydonlari birligidan (sotok, gektar) olingan o`rtacha hosil. Qishloq xo`jaligi ekinlarining o`rtacha hosildorligi, asosiy maydondan (oraliq, takroriy, qator oralig`i ekinlarisiz) yig`ib olingan yalpi hosilni yig`ib olingan maydonga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.
2016 yilda o`rtacha 1 gektar ekin maydonidan yig`ib olingan qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligining 2005 yilga nisbatan tahlili, don ekinlarining hosildorligi 3,7 sentnerga, kartoshka – 49,8 sentnerga, sabzavotlar – 64,7 sentnerga, poliz – 52,3 sentnerga, mevalar – 59,5 sentnerga, uzum – 64,1 sentnerga ko`payganligini ko`rsatdi (1-jadval).

1-jadval

Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligi, (ts/ga)

9

Viloyatimiz aholisini qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan ta`minlash darajasining oshirilishiga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, 2016 yilda 2005 yilga nisbatan aholi jon boshiga don ishlab chiqarishni 12 kg.ga, kartoshkani 98,7 kg.ga, sabzavotlarni 509,5 kg.ga, poliz mahsulotlarini 40 kg.ga, mevalarni 50 kg.ga, uzumni 37,4 kg.ga, go`shtni 32,2 kg.ga, sutni 124,4kg.ga, tuxumni 219 donaga ko`payishiga olib keldi.

Chorva mollari va parrandalar bosh soni – xo`jaliklardagi, ularning yaylovda yoki xo`jalikdan tashqari boshqa joylarda bo`lishidan qat`iy nazar, mavjud barcha turdagi qishloq xo`jaligi hayvonlari va parrandalarning fizik birlikda (boshda) bosh sonini o`z ichiga oladi.
2017 yil 1 yanvar holatiga, viloyatning barcha toifadagi xo`jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 861,3 ming boshni (2006 yil 1 yanvar holatidagi umumiy bosh soniga nisbatan 2,1 marta ko`p), shu jumladan sigirlar – 350,3 ming boshni (1,6m), qo`y va echkilar – 838,1 ming boshni (1,9m.), cho`chqalar – 35,5 ming boshni (1,2m), otlar – 48,6 ming boshni(1,4m), parrandalar – 14242,8 ming boshni (3,4m.), asalari oilalari – 17,5 mingtani (2,5m.) tashkil etdi.
2016 yilda tirik vaznda 238,9 ming tonna go`sht ishlab chiqarildi va 2005 yilga nisbatan 1,8 martaga o`sish ta`minlandi. Shuningdek, 838,2 ming tonna sut (2,1m.), 1299,6 mln.dona tuxum (3,6m.), 2438 tonna jun (2,4m.), 406 tonna asal (5,2m.), 1641,44 tonna pilla (145,8 foiz) ishlab chiqarildi (9-rasm).

10

9-rasm. 2005-2016 yillarda asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (ming tonna:mln dona)

 

Fermer xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi faoliyati to`g`risida

Fermer xo`jaliklari – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo`jaligi mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi, mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ektdir.
Viloyatda 2017 yil 1 yanvar holatiga, faoliyat yuritayotgan fermer xo`jaliklarining soni 14179 tani tashkil etib, ularga biriktirilgan umumiy yer maydoni 471,7 ming gektarga teng bo`ldi va bitta fermer xo`jaligiga o`rtacha 33,3 gektar yer maydoni to`g`ri keldi (10 va 11-rasmlar).

11

10-rasm. 2005-2016 yillarda fermer xo`jaliklarining soni (birlikda)

12

 11-rasm. Fermer xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi (foizda)

 

Tahlil natijalari, fermer xo`jaliklarida paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikni boshqa sohalarini yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Shuningdek, 2005-2016 yillarda fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarilgan don ekinlarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi 41 foizdan 89,4 foizgacha, paxta xom-ashyosi 45,6 foizdan 99,7 foizgacha, kartoshka 9,1 foizdan 34,9 foizgacha, sabzavotlar 19,5 foizdan 39,2 foizgacha, poliz 46 foizdan 71,9 foizgacha, mevalar 14,3 foizdan 54,4 foizgacha, uzum 3,9 foizdan 59,1 foizgacha ko`paydi.

Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi faoliyati to`g`risida

Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaligi – oilaviy mayda tovar xo`jaligi bo`lib, oila a`zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig`iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo`jaligi mahsuloti yetishtiradi va sotadi.
2016 yilda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari soni 456,9 mingtaga yetib, 2005 yilga nisbatan o`sish 103,6 foizni, 2010 yilga nisbatan 102,1 foizni va 2015 yilga nisbatan 100,3 foizni tashkil etdi.

Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati to`g`risida

Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – xo`jalik yuritish jarayonida yerga hamda boshqa mulklarga egalik qiluvchi, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga xizmat qiluvchi yuridik shaxsdir.
2005-2016 yillarda, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning barcha toifadagi xo`jaliklardagi ulushi, don ekinlari maydonlari bo`yicha 50,9 foizdan 4,4 foizgacha, g`o`za 56 foizdan 0,5 foizgacha, kartoshka 8,4 foizdan 1,6 foizgacha, sabzavotlar 19,2 foizdan 2,2 foizgacha, poliz 33,7 foizdan 1,8 foizgacha, mevali bog`lar 56,4 foizdan 8,9 foizgacha, tokzorlar 62,5 foizdan 6,9 foizgacha kamaydi.
Tahlil etilayotgan davrlarda, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, yirik shoxli qoramollar bosh soni bo`yicha 11 foizdan 4 foizgacha, sigirlar 12,1 foizdan 2,6 foizgacha, qo`y va echkilar 16,4 foizdan 2,3 foizgacha, otlar 16,4 foizdan 3,9 foizgacha, asalari oilalari 31,1 foizdan 18,4 foizgacha kamaydi, parrandalar 26,7 foizdan 38,4 foizgacha ko’paydi.
Asosiy qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining, chorva mollari va parrandalar bosh sonining tahlil qilinayotgan davrlarda kamayishi, o`z navbatida ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining kamayishiga ham sabab bo`ldi (12-rasm).

13

12-rasm. Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi (foizda)

 

Xulosalar

Mustaqillik yillarida viloyatimizda qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi.
Paxta monokulturasidan chekinish, oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan o`zini-o`zi ta`minlash hamda oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, qishloq xo`jaligini rivojlantirish strategiyasining asosiy tamoyillari bo`lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlarga erishildi.
Yuqori sur`atlarda o`sib borayotgan viloyat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida, oziq-ovqat ekinlari maydonlarining kengaytirilishi hisobiga g`o`za ekin maydonlari qisqartirildi. Ozuqa ekinlari maydonlarining qisqartirilishi, chorva mollari va parrandalarni mustahkam ozuqa bazasi bilan ta`minlash yaxshi yo`lga qo`yilgan takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlarini ekish hisobidan qoplanayotganligi bilan izohlanadi.
Viloyatda ekin maydonlari tarkibiy tuzilmasini oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish hisobiga bosqichma-bosqich maqbullashtirish bo`yicha aniq maqsadli yo`naltirilgan chora-tadbirlar ko`rilmoqda, shuningdek dehqon (shaxsiy yordamchi) va fermer xo`jaliklarida chorva mollari va parrandalar bosh sonini ko`paytirishni rag`batlantirish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tahlillar natijalari, fermer xo`jaliklarida asosan paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa yo`nalishlari, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarida esa chorvachilikning yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat bermoqda.
Viloyat aholisini dehqonchilik mahsulotlari bilan ta`minlash asosan fermer xo`jaliklari tomonidan, chorvachilik mahsulotlari bilan ta`minlash esa dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari tomonidan amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda.

  

Sanoat ishlab chiqarish

User Rating: 5 / 5

Star ActiveStar ActiveStar ActiveStar ActiveStar Active

Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish

 1.Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi – iqtisodiyotda tarkibiy o`zgartirishlar dasturlarining amalga oshirilishi natijasidir

Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, Toshkent viloyati sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.

1

 

1-rasm - Sanoat ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari dinamikasi

Shuni ta`kidlash lozimki, 2016 yilda viloyatining jami sanoat ishlab chiqarish hajmi asosan Olmaliq shahri (20,6%), Zangiota t. (13,7%), Angren shahri (10,6%), Qibray t. (10,6%), Oxongaron t. (10,3%), Bekobod shahri. (9,4%) va Chirchiq shahri (7,1%) viloyatlari hisobidan shakllangan bo`lib, juda katta bo`lmagan ulushi esa Oqqo'rg'on (0,8%), Piskent (0,8%) va Bo'ka. (0,9 %) tumanlariga to`g`ri kelmoqda.

2

2-rasm - 2016 yilda Toshkent viloyatining jami sanoat ishlab chiqarish hajmida hududlarning ulushi (jamiga nisbatan foizda)

2016 yilda hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarishning aholi jon boshiga hajmi Olmaliq shahri (27684 ming so`m), Bekobod shahri (16002 ming so`m), Oxongaron t. (13569 ming so`m), Zangiota t. (9318 ming so`m) va Angren shahri (8641 ming so`m) viloyatlariga to`g`ri keladi. Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning eng past hajmi esa Bekobod t (1216 ming so`m) va Qibray t (1279 ming so`m) viloyatlarida kuzatilmoqda.

3

3-rasm - 2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish (ming so`m)

4

4-rasm - Faoliyat turlari bo`yicha sanoat tuzilmasi 2016 yil (foizda)

5

5-rasm - Faoliyat turlari bo`yicha sanoat tuzilmasi 2015 yil (foizda)

Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida yuqori qo`shimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi sohalarda o`sdi: oziq-ovqat, tekstil, kimyo, farmatsevtika preparatlari va boshqa sohalarda.
Faqat 2016 yilning o`zida, o`tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sishi, qayta ishlash sanoatida – 8,6%ni, shu jumladan, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlar ishlab chiqarish bo`yicha – 75,7%ni, , boshqa nometall mineral mahsulotlar – 22,2%ni, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki mahsulotlari – 5,8%ni, to`qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar, charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha – 37,8%ni tashkil etdi.
2016 yilda, avtotransport vositalari, treylerlar va yarimpritseplar ishlab chikarish korxonalarida (2015 yilga nisbatan 57,8%), mashinalar va asbob-uskunalarni ta`mirlash va o`rnatish korxonalarida (67,1%) ishlab chiqarish hajmlari pasaygan, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar sanoatida esa uncha ko`p bo`lmagan o`sish (100,5%) kuzatilgan.

1-jadval

Iqtisodiyot faoliyat turlari bo`yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish (foizda)

6

 7

6-rasm - 2016 yilda Toshkent viloyatida jami iste`mol tovarlari ishlab chiqarish hajmida hududlarning ulushi (jamiga nisbatan foizda)

2016 yilda eng ko`p iste`mol tovarlari Zangiota t. (viloyat umumiy hajmidan 23,9%), Oxongaron t (16,6%), Qibray t. (12,0%), Yangiyo'l t. (8,4%) viloyatlaridagi korxonalarda ishlab chiqarilgan.

2016 yilda hududlar kesimida iste`mol tovarlari ishlab chiqarishning aholi jon boshiga hajmi Oxongaron t. (8154,8 ming so`m), Zangiota t. (7787,4 ming so`m), Qibray t. (5152,3 ming so`m) va Chirchiq sh. (2459,8 ming so`m) to`g`ri keladi. Aholi jon boshiga iste`mol tovarlari ishlab chiqarishning eng past hajmi esa Quyichirchiq t. (273,2 ming so`m) va Piskent t viloyatida (476,2 ming so`m) kuzatilmoqda.

8

7-rasm - 2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga iste'mol tovarlari ishlab chiqarish (ming so'm)

9

8-rasm - Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishining o`sish sur`atlari dinamikasi, o`tgan yilga nisbatan (foizda)

2010 yilga nisbatan iste`mol tovarlari tuzilmasida oziq-ovqat mollari ishlab chiqarish ulushining o`sishi 64,1%dan 2016 yilda 57,7%gacha yetgani kuzatilmoqda.

10

9-rasm - Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishining tuzilmasi (foizda)

2. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ta`siri

Xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini har taraflama qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda kichik biznes sub`ektlari hissasining o`sishida namoyon bo`ldi. Agar 2005 yilda sanoat umumiy hajmida kichik tadbirkorlik mahsulotlarining ulushi 8,1%ni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilga kelib 34,0%ga yetdi, sanoat mahsulotlarining o`sish sur`ati 2015 yilga nisbatan 116,8%ni tashkil qildi.

11

10-rasm - Kichik tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi, umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbatan (foizda)

Bunda, Yuqorichirchiq t.bo`yicha umumiy ishlab chiqarish hajmida kichik biznesning ulushi 90,7%ni (o`sish sur`ati 120,2%), Bo'stonliq t.90,2%ni (115,8%), Parkent t.81,6%ni (108,5%), Quyichirchiq t.79,9%ni (107,3%), Yangiyo'l t.74,5%ni (113,0%) tashkil etdi.

12

11-rasm - Kichik tadbirkorlikning sanoatdagi hajmida ulushi (foizda)

Kichik tadbirkorlik ishlab chiqarishi tuzilmasida eng yuqori ulush qayta ishlash korxonalari mahsulotlariga to`g`ri keladi – umumiy ishlab chiqarish hajmidan 98,0%,tog`-kon sanoati 1,5%, elektr, gaz, bug` bilan ta`minlash va havoni konditsiyalash 0,3%, suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig`ish va utilizatsiya qilish 0,2%.

13

12-rasm - Kichik tadbirkorlik ishlab chiqarishi tuzilmasi

 

 

 

 

Ta`lim sohasi rivojlanishi

User Rating: 3 / 5

Star ActiveStar ActiveStar ActiveStar InactiveStar Inactive

1.TOSHKENT VILOYATIDA MAKTABGACHA TA`LIM.

mtm

   Ma’lumki, uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadigan maktabgacha ta’lim bolalarning sog’lom o’sishi va tizimli o’qitishga tayyorlanishida muhim o’rin tutadi. Toshkent viloyatida 2018 yil 1 yanvar holatiga maktabgacha ta`lim muassasalari soni 452 tani tashkil etib, shundan 265 tasi shahar, 187 tasi qishloq joylarda joylashgan. Ularda tarbiyalanayotgan 64049 nafar bolalardan 53.5 foizini o’g’il bolalar, 46.5 foizini qizlar tashkil etadi .

 

 

                                                                                                                                                                                             1-jadval

 2017 yilda maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy ko’rsatkichlari, birlik

EX2

 

 

 

Maktabgacha ta`lim muassasalari sonining qishloq va shahar joylar bo’yicha taqsimlanishi, (2017 yil).

 

Maktabgacha ta`lim muassasalarida mavjud o’rinlardan foydalanish samaradorligi ortib borayotganligi. 2012 yilda Toshkent viloyati  bo'yicha har 100 ta o’ringa o’rtacha 76 nafar bola to’g’ri kelgan bo’lsa, 2017 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 94 nafarga yetdi. Bu esa maktabgacha ta`lim muassasalariga nisbatan talab oshib borayotganligini ifoda etadi.

 1

1-rasm - Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi jami bolalar soni va 100 ta o’ringa nisbatan hisoblangan bolalar soni dinamikasi (2012-2017 yillar)

 

2

 

2-rasm - 2017 yilda tumanlar bo’yicha maktabgacha ta’lim muassasalari va ulardagi  bolalar soni

2-jadval

Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlari to’g’risida ma’lumot, 2017 yil

EX

 

2. TOSHKENT VILOYATIDA UMUMIY O`RTA TA`LIM.

 maktab   2017/2018 o’quv yilida mavjud 870 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida jami 430542  mingta o`quvchilar tahsil olgan bo’lsa, ulardan 194123 ming nafari qishloq joylarda joylashgan . Umumta`lim maktablari soni 2012 yilga (884 ta) nisbatan 14 taga kamaygan Lekin ulardan 77,0 foizi ikki smenada, bir smenada 23,0 foizi mashg’ulot olib boradi. Ushbu ko’rsatkich tumanlar bo’yicha tahlil qilinganda, Yangiyo’l (91,1%), Zangiota (90,2%), Parkent (89,8%) va Chinoz (89.4%) tumanlarida yuqori foizni tashkil etishi ko’zga tashlanadi. Umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi o`quvchilarning 426,2 ming nafari ikkinchi va uchinchi smenalarda ta’lim olmoqda.                           

 

                                                                                                                                                              

 

                                                                                                                                                                                                                   1-rasm

3

 

                                                                                                                             2-rasm

Umumiy o`rta ta`lim maktablarini mashg’ulotlar smenaliligi bo’yicha taqsimlanishi

foizda (2013-2016  yillarida)

 

4

Umumiy o`rta ta`limning asosiy ko`rsatkichlari (2013-2017 yillar)      1-jadval

 

EX1

3-rasm

 

Umumiy o`rta ta`lim muassasalari soni va o’quvchilar soni, tumanlar kesimida (birlik)

 5

 

   Ta`lim tizimining ahvoli haqida muhim ma`lumot beruvchi ko`rsatkichlardan biri bu ta`lim muassasalarida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar sonidir. U o`quvchilar umumiy sonini o`qituvchilar umumiy soniga bo`lish orqali aniqlanadi. 2017 yilda Toshkent viloyatining umumta`lim maktablarida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni 14,7 ga teng bo’ldi . 

3. O`RTA MAXSUS KASB - HUNAR TA`LIMI.

Toshkent viloyatida 2017/2018 o’quv yili boshiga akademik litseylar soni 6 tani kasb-hunar kollejlari soni 121  tani tashkil etdi (2-jadval).

O`rta maxsus kasb-hunar ta`limining asosiy ko’rsatkichlari

(2000-2016 yillar)

Akademik litseylar

Ularda o’quvchilar
(ming kishi)

Oqituvchilar

Kasb hunar kollejlari

Ularda o’quvchilar
(ming kishi)

Oqituvchilar
(ming kishi)

2017/2018-o’quv yili boshiga

6

3,3

0,2

121

82,8

4,2


Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari
 soni 

 

                                                     (2013-2016 yillar)                                           4-rasm

 

 

6 

 

 

 

2017/2018 o’quv yili boshida Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi tizimining akademik litseylarida o’quvchilar soni 3275 nafar (shundan, 1533 nafari qiz), kasb-hunar kollejlarida esa 82801 nafar (shundan, 39951 nafari qiz) ni tashkil etdi.

 

 

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari soni, ming kishi

(2016/2017 oquv yili boshiga) 5-rasm

7

4. TOSHKENT VILOYATIDA OLIY TA`LIM


images   Toshkent viloyatida oliy ta`lim muassasalari soni 2017/2018 o’quv yili boshida 2 tani tashkil etib, ularda o’qiyotgan talabalar soni 8089 nafarni tashkil qildi. 2016/2017-o’quv yili boshiga oliy ta`lim muassasalarida har bir professor o`qituvchiga 12 nafar talaba to’g’ri kelgan bo’lsa, bu ko`rsatkich 2017/2018-o’quv yili boshiga kelib 13 nafarni tashkil qildi. (3-jadval).

 

 

 

 

 

Toshkent viloyatida oliy ta`limning asosiy ko’rsatkichlari         

                                                                                                                                                          

                                                                                                                                                                                                                   3-jadval

 

 

Oliy ta`lim muassasalari soni

Talabalar soni 
(ming kishi)

Professor 
o’qituvchilar soni (ming kishi)

Har bir professor o’qituvchiga to’g’ri keladigan o’quvchilar soni

2016/2017-o’quv yili boshiga

1

7286

561

13

2017/2018-o’quv yili boshiga

2

8089

622

13

 

                                                                                                                                                                                                                                                                       6-rasm

2017/2018 o’quv yili boshida oily ta`lim muassasalarida o’qiyotgan talabalar soni, kishi 

8

 

 

Xizmatlar sohasining rivojlanishi

User Rating: 5 / 5

Star ActiveStar ActiveStar ActiveStar ActiveStar Active

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINING RIVOJLANISHI

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta`minlash, aholining turmush darajasini oshirish va samarali bandligini ta`minlashda xizmatlar sohasining har tomonlama rivojlanishi muhim masalalardan biri bo`lib hisoblanadi.
Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o`sishni ta`minlash uchun xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida qo`yishmoqda.
Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo`layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta`sir ko`rsatadi, bu esa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligini ko`rsatib beradi.
O`zbekistonda mustaqillik yillarida, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakat aholisining bandligini, daromadlarini va turmush sifatini oshirishning muhim yo`nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashda mazkur soha muhim o`rinni egallamoqda.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari va yo`nalishlarini amalga oshirish jarayonida, 2010-2016 yillarda bozor xizmatlari hajmi 3,4 martaga oshib, 8,5 trln.so`mgacha ko`paydi. Aholi jon boshiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi mazkur davrda 3,2 martaga o`sdi va 3,0 mln. so`mni tashkil etdi (1-jadval).

1-jadval

2010-2016 yillarda Toshkent viloyati bo`yicha xizmatlar sohasi asosiy ko`rsatkichlarining dinamikasi

1-

Hozirgi vaqtda, Toshkent viloyatida xizmatlar sohasida 82 ta ortiq yirik tashkilotlar (bozor xizmatlarini ko`rsatuvchi notijorat tashkilotlarini qo`shgan holda) va 22,9 mingdan ortiq kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyat ko`rsatmoqda.
2010-2016 yillarda xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi deyarli barcha hududlarda ijobiy rivojlanish tendentsiyalarini ko`rsatib turibdi.
2016 yilda Olmaliq, Angren, Chirchiq shaharlari va Bekobod shahri peshqadamlar qatoridan joy egallashgan. Olmaliq shahrida yuqori o`sish sur`atlarini ta`minlanishi, avvalo aholi real daromadlarining o`sishi, yakuniy iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, bu har xil turdagi xizmatlarning rivojlanishiga kuchli ta`sir ko`rsatmoqda (1-rasm).

1

1-rasm - 2016 yilda hududlar kesimida xizmatlar ishlab chiqarish hajmining o`sishi

Xizmatlar sohasining aholi jon boshiga nisbatan rivojlanishi ko`rsatkichiga aholi soni muhim ta`sir ko`rsatadi. Masalan, aholi soni nisbatan kam bo`lgan Quyichirchiq va Piskent tumanlarida o`rtacha jon boshiga ko`rsatkichlari aholi zich joylashgan hududlar hisoblangan Qibray, Olmaliq, Angren, Chirchiq va Bekobod shahar va tumanlarga qaraganda ancha yaxshi ko`rinadi.
Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, sanoati rivojlangan hududlarda (qazib olish sanoatini hisobga olmagan holda) – Olmaliq, Bekobod shaharlari va Chirchiq shahri bo`yicha xizmatlar sohasining o`rtacha jon boshiga ko`rsatkichlari Quyichirchiq, Chinoz, yangiyo`l, O`rtachirchiq va Parkent tumanlariga nisbatan yuqoriligi kuzatildi (2-rasm).

2

2-rasm - 2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi, ming.so`mda

Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi hisobiga Toshkent viloyatida 2010 yildan 2016 yilgacha sohaning yaIMdagi hissasi ortib bordi. Xususan, 2010 yilda yaIMda xizmatlar sohasining ulushi 38,5 foizni tashkil qilgan bo`lsa, 2016 yil yakuni bo`yicha (dastlabki ma`lumot) 39.2,5 foizga yetdi (3-rasm).

3

3-rasm - YAIMda xizmatlar ulushi

Aholi tomonidan har xil turdagi xizmat ko`rsatish turlariga bo`lgan talabning doimiy o`sishi va davlat tomonidan ushbu sohaga aloqador infratuzilmalarni (ijtimoiy, transport-kommunikatsiya, savdo va boshqalar) rivojlantirish bo`yicha ko`rilayotgan amaliy choralar xizmatlar sohasining barcha tarmoqlarini jadal rivojlanishini ta`minladi (4-rasm).

4

4-rasm - 2010-2016 yillarda alohida xizmat turlarining o`sishi

Xususan, 2010-2016 yillarda transport xizmatlarining ulushi 35,3 foizdan 36,7 foizga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 1,6 foizdan8,8 foizga oshgan. Shu bilan birga, savdo xizmatlarining ulushi 21,8 foizdan 30,3 foizga, moliyaviy xizmatlar ulushi 3,5 foizdan 6,6 foizga, ta`lim sohasidagi xizmatlar 1,6 foizdan 1,7 foizga, yashash va ovqatlanish xizmatlari 1,0 foizdan 4,6 foizga ko`paydi. Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta`mirlash bo`yicha xizmatlar, me`morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar va boshqa xizmatlarning jami xizmatlar hajmidagi ulushi o`zgarishsiz qolgan (5- va 6-rasmlar).

5

5-rasm

6

6-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan xizmatlar ishlab chiqarishning kengayishi xizmatlar sohasining jadal rivojlanishini ta`minlamoqda. Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida, tadbirkorlik sub`ektlariga, xizmatlar ko`rsatish bo`yicha yangi tashkil etiladigan korxonalarni texnologik jihozlash uchun katta miqdordagi imtiyozli kreditlar taqdim etildi. Natijada, kichik tadbirkorlikning bozor xizmatlari ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 64,8 foizdan 79,7 foizga ko`paydi (7-rasm).

7

7-rasm - 2010-2016 yillarda kichik tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi ulushi

Yangi ish o`rinlarini tashkil etish, investitsiya, soliq, pul-kredit va ilmiy-texnik siyosatni takomillashtirish hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning yanada barqaror o`sishini ta`minlash, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida sifatli tarkibiy o`zgarishlar qilish imkonini beradi.
Bu esa, Toshkent viloyatida xizmatlar ishlab chiqarish va iste`mol qilishning oqilona tuzilmasini shakllantirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirilishini ta`minlash imkonini beradi.