Asosiy kapitalga investitsiyalar

User Rating: 4 / 5

Star ActiveStar ActiveStar ActiveStar ActiveStar Inactive
 

Toshkent viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar

Toshkent viloyatida 2017 yil yanvar-sentyabr oylarida Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya hajmi 2670,2 mlrd.so`mni, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 85,8 foizni tashkil etdi.

image001

1-diagramma - Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya  hajmi (mlrd.so`m)

Viloyatda yirik korxonalar tomonidan o`zlashtirilgan investitsiyalar xajmi 1531,7 mlrd. so`mni tashkil etdi.

image002

2-diagramma – Yirik korxonalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar (mlrd.so`m)

Asosiy kapitalga investitsiyalar texnologik tarkibi bo`yicha quyidagi ishlar va xarajatlar qiymati aks ettirildi.

1-jadval

Toshkent viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibi

jad1 

Asosiy kapitalga investitsiyalar texnologik tarkibida eng yuqori mablag`lar 1309,3 mlrd.so`mni yakunga nisbatan 49,0 foizni, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 punktga ko`p sarmoya mashina, uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo`jalik jihozlari qiymatida o`zlashtirildi.

image003

 3-diagramma – 2017 yil yanvar-sentyabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar texnologik tarkibi

Moliyalashtirish manbalari bo`yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning taqsimlanishi quyidagicha ko`rinishda ega bo`ldi:

2-jadval

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo`yicha taqsimlanishi

 jad2

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalariga ko`ra eng yuqori ko`rsatkich 2017 yil yanavar-sentyabr oylaridan korxona va tashkilotlarning o`z mablag`lari hisobiga 952,6 mlrd.so`mni yakunga nisbatan 35,7 foizni, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 punktga oshganini ko`rish mumkin. 

image004

4-diagramma (a) - 2017 yil yanvar-sentyabr oylari uchun asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari

image005

4-diagramma (b) - 2016 yil yanvar-sentyabr oylari uchun asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari

Iqtisodiyot tarmoqlarida asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqaradigan sanoatda 30,3 fioz, uy-joy qurilishida 21,4 foiz, tog`-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash faoliyatida esa 13,5 foiz bo`lib, ushbu sohalarda o`zlashtirilgan investitsiyalar boshqa tarmoqlarga nisbatan yuqoriligini ko`rish mumkin.

image006

5-diagramma - Iqtisodiyot tarmoqlarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar ulushi

Asosiy kapitalni shakllantirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlar 408,4 mlrd.so`m qiymatda sarmoya o`zlashtirildi.

image007 

6-diagramma - Xorijiy investitsiyalar va kreditlar

Asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar va kreditlar tarkibi quyidagicha ko`rinishga ega bo`ldi.

3-jadval

Asosiy kapitalga kiritilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar tarkibi

jad3 

Xorijiy investitsiyalar va kreditlar tarkibida eng yuqori 56,8 foiz ulush xukumat kafolati ostida kiritilgan investitsiyalarga to`g`ri kelmoqda. Bundan tashqari to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar 110,9 mlrd.so`mni jami o`zlashtirilgan investitsiyalar xajmida 4,1 foiz ulushni, xorijiy investitsiyalar va kreditlar tarkibida esa 27,2 foiz ulushni, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 8,7 foiz punktga ko`paygani ko`rish mumkin.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar 2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida 939,9 ming so`mni tashkil etdi.

image008

7-diagramma - Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar

Hududlar kesimida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan investitsiyalar xajmining yuqori ko`rsatkichlari Angren shaxar 2902,8 ming.so`m, Olmaliq shaxar 2601,9 ming.so`m, Bekabod shaxar 1673,9 ming.so`m, Qibray 1382,9 ming.so`mga xududlarida qayd etilmoqda.

Toshkent viloyatida 2017 yil yanvar-sentyabr oylarida jami qurilish-pudrat ishlar hajmlari 1115,5 mlrd.so`mni, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 98,1 foizni tashkil etdi.

 image009

8-diagramma - Qurilish-pudrat ishlar hajmi

Yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilgan qurilish-pudrat ishlari 204,3 mlrd.so`mni tashkil etib, (jamiga nisbatan ulushi 18,3 foizni) o`tgan yilning shu davriga nisbatan 86,2 foizni tashkil etdi.

image010 

9-diagramma - Yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilgan qurilish-pudrat ishlari

Kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish-pudrat ishlar hajmi 468,7 mlrd.so`mni tashkil etib, (jamiga nisbatan ulushi 42,0 foizni) o`tgan yilning shu davriga nisbatan 108,3 foizni tashkil etdi.

image011

10-diagramma – Kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish pudrat ishlar hajmi

Hududlar kesimida qurilish-pudrat ishlari quyidagicha shakllandi.

image012

11-diagramma - Hududlar kesimida qurilish-pudrat ishlar hajmi

22

12-diagramma - Hududlar kesimida qurilish-pudrat ishlarining o`tgan yilga nisbatan o`sish sura`ti

 

Xatolik topdingizmi? Matnni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.