Hisobot beruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!

User Rating: 5 / 5

Star ActiveStar ActiveStar ActiveStar ActiveStar Active
 

2018 yilda “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to`g`risida hisobot” 1-moliya shakli davlat statistika hisobotini topshirish davriyligi oylik qilib o`zgartirildi.

Mazkur davlat statistika hisobot shaklini taqdim etish davriyligini o`zgartirish bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining 2018 yil 30 maydagi 4-mb-son qarori Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 23 iyunda 2956-3-son bilan belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Yuqoridagilarga muvofiq, mazkur “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to`g`risida hisobot” 1-moliya shakli davlat statistika hisobotini tijorat tashkilotlari (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo`jaliklari, banklar, sug`urta tashkilotlaridan tashqari)  ularning alohida bo`linmalari tomonidan har oyda belgilangan muddatlarda topshirilishi shart (hisobot davridan keyingi oyning 18 sanasidan kechiktirmay).

Ushbu hisobotda quyidagi o`zgarishlar amalga oshirildi, hisobotda aks ettiriladigan debitorlik va kreditorlik qarzlarining ro`yxati kengaytirildi. endi tashkilotlar xorijiy davlatlar sudlarida va xalqaro arbitrajlarda nizolashilayotgan, shuningdek, energiya resurslari uchun mavjud qarzlarni ko`rsatishlari kerak.

Shuningdek, ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish to`g`risidagi bo`limni to`ldirish davriyligiga aniqlik kiritildi: Har chorakda (ya`ni, yanvar, aprel, iyul, oktyabr oylarining birinchi sanasida) to`ldiriladi.

Xatolik topdingizmi? Matnni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.